"Neftchi": Bir qator futbolchilar bilan shartnoma uzaytirildi, Hamza Karimov 2 yillik bitim tuzdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2017, 09:08
Farg'onaning “Neftchi” PFK jamoa tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator futbolchilar bilan xamkorlikni davom ettiradi.

Xususan Sherzod Hakimov, Dilyor Irmatov, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, O'tkir Yusupov, Husniddin G'ofurov singari klub futbolchilari “Neftchi” PFK bilan o'z shartnomalarini uzaytirishdi va kelgusi faoliyatlarini ham farg'onaliklar bilan bog'lashga qaror qilishdi.

Ayni paytda jamoa ixtiyorida bo'lib turgan tajribali himoyachi Hamza Karimov esa “Neftchi” klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.

Jamoamiz a'zolarining yangi mavsumdagi faoliyatlarida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

“Neftchi” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz