
Mazkur o'yingoh etti ming muxlisga mo'ljallangan bo'lib, 1962 yilda barpo etilgan. Stadion “Neftchi” jamoasi bilan tengdosh deyish mumkin. Shu kunga qadar u yerda “Neftchi” jamoasi o'rinbosarlari raqiblarni qabul qilib kelayotgandi. Bundan tashqari, jamoa a'zolari o'yinlarga shu stadionda tayyorgarlik ko'rishardi. Endi esa bu arena asosiy bahslarga mezbonlik qilmoqda. Stadion “Neftchi” jamoasi bosh homiysi – Farg'ona neftni qayta ishlash zavodiga tegishli. Klub qarorgohi stadionni yonginasida joylashgan.