"Neftchi" Adidas kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 11:43
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, "Neftchi" futbol klubi so'nggi yillarda Jako kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgan edi. 

"Jamoamiz yangi mavsumda o'z imijini o'zgartirishga qaror qildi. Klub rahbariyati Germaniyaning dunyoga mashhur Adidas kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi. O'ylaymizki, kompaniya bilan hamkorligimiz uzoq vaqt hamda samarali tarzda davom etadi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq "Neftchi"ning legionerlardan juda katta qarzi borligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати