

Kubok o'yinlarining 1/16 bosqichida Samarqandning “Dinamo” jamoasini engib keyingi bosqichga chiqqan Fyodorov shogirdlari shanba oqshomida “Nasaf”ni o'z uylarida qabul qilishadi. Seshanbadan “Neftchi” futbolchilari “Nasaf”ga qarshi uchrashuv tayyorgarlikni boshlashganini ma'lum qilamiz.
Ma'lumot o'rnida, 26 mart kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinni B. Namazov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi doirasidagi “Neftchi” – “Nasaf” o'yinin 26 mart kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da start olishi reja qilingan.
“Neftchi” matbuot xizmati




