Nedved: Konte charchagandi, u may oyidayoq Yuventusdan ketmoqchi edi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 19:42
Yuventus klubi sobiq yarim himoyachisi Pavel Nedved turinliklar sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Antonio klub rahbariyati bilan urishib qolib ketgani yo'q. U charchagandi. Konte may oyidayoq ketmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi, biroq tatildan so'ng yakuniy qarorini aytaman degandi. Matbuotda yozilayotgan barchasi bo'xton, u charchoq tufayli ketdi, - deydi Nedved Italiya matbuotiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com