"NBU-Osiyo" ertaga "Obod"ga qarshi o'ynaydi

28 iyul 2017, 15:35
Birinchi liga vakili Toshkentning "NBU-Osiyo" klubi ertaga yana bir nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan birinchi liga vakili Toshkentning "NBU-Osiyo" klubi ertaga navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib poytaxtning yana bir jamoasi oliy liga vakili "Obod" klubi bo'ladi. Bundan oldin "bankchilar" "Paxtakor" 1:1, "Qizilqum" 0:0 va "Dinamo" 1:2 jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazgan.


Eslatib o'tamiz, ertaga bo'lib o'tadigan nazorat uchrashuvi "Obod" qarorgohida soat 18:00da boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia