Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Buxoro"ni mag'lub etdi, Sidiqov gol urdi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2022
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" klubi Pro liga vakili "Buxoro"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Toshkent viloyati "Do'stlik" stadionida o'tgan bahsda dastlab buxoroliklar hisobni ochishdi. 34-daqiqada Obid Jo'raboev penaltidan gol urdi - 0:1. Oradan ko'p o'tmay Javohir Sidiqov hisobni tenglashtirdi - 1:1. Ikkinchi taym boshida Sanat Shixov qo'qonliklarga g'alaba keltiruvchi golni urdi - 2:1.


"Qo'qon-1912" - "Buxoro" 2:1

Gollar
: Javohir Sidiqov (39), Sanat Shixov (49) - Obid Jo'raboev (34 penalti).

"Qo'qon-1912": Muzaffar Abdullaev, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuxammedov, Avazxon Mamatxo'jaev, Sanat Shixov, Dilshod Raxmatullaev, Quvondiq Ro'ziev, Bilolxon Toshmirzaev, Javohir Sidiqov, Mo'min Meliev.
Zaxira: Islom Abdullaev, Nodir Ashurmatov, Ilhom Vahobov, Sardor Etovqo'ziev, Slavko Lukich, Sardor Azimov, Abdulloh Yunusov, Doston Oripov, Diyorbek Jaloliddinov, Anvar Xojimirzaev

"Buxoro": Nikola Stoshich, Obid Jo'raboev, Bobur Amonov, Dmitro Sidorenko, Mirjalol Jumaev, Xurshid Olimov, Oleg Marchuk, Sobit Sindarov, Fayzullobek Jumanqo'ziev, Shavkat Salomov, Viktor Xomchenko.
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Shohjaxon Nasimov, Sardor Izzatov, Bekzod Saidov, Jamoliddin Ubaydullaev, Jasur Hasanov, Rustam Abduxamidov, Sardor Eminov, Anvar Jo'raev, Firdavs Asadov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia