Nazorat uchrashuvi. "Paxtakor" - "Yagelloniya" 1:0

Narzulla Saydullayev
1 fev 2014
Bugun Turkiyada “Paxtakor” va Polshaning "Yagelloniya" klublari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi. "Sherlar" vakili Davron Hoshimov 27-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Kelishuvga ko'ra chetlatilgan o'yinchi o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi.

58-daqiqada Merzlyakovning to'p uzatishidan so'ng Tojiev to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Uchrashuv aynan mana shu hisobda yakunlandi.

"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Yagelloniya" (Polsha) 1:0

Gol: Kamoliddin Tojiev 58
"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin (50.Akmal Tursunboev, 46), 2.Egor Krimec, 7.Kaxi Maxaradze (17.Aram Babayan, 85), 14.Sherzod Karimov, 15.Jamshid Iskandarov (34.Toxir Shamsiddinov, 87), 19.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov (36.Jaloliddin Masharipov, 28), 28.Stanislav Andreev (9.Alisher Azizov, 75), 29.Vladimir Kozak, 39.Kamoliddin Tojiev.
Zaxira: 20.Anvar Soliev, 22.Abdulaziz Yusupov, 55.Anvar Rajabov, Sergey Rekun, Farrux Miraxmatov.
Chetlatish: Davron Hoshimov 27

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia