Nazorat uchrashuvi. "Olmaliq" - "Buxoro" 1:1

Aslanov Jasurbek
3 fev 2015
Bugun Chilonzordagi sun'iy maydonda "Olmaliq" va "Buxoro" o'rtasida nazorat bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 14 daqiqasida Jamol Ubaydullaev o'ng qanotdan kirib borib, darvozaning pastgi burchagini aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo'limning 15 daqiqasida "Olmaliq"ning ketma-ket hujumlaridan birida Nikita Pavlenko unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. 

Nazorat bahsida boshqa hisob o'zgarmadi. 

Nazorat uchrashuvi.

Toshkent. 03.02.2015

"Olmaliq" - "Buxoro" 1:1

Gollar: 0:1 Jamol Ubaydullaev (14), 1:1 Nikita Pavlenko (65)

"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Sarvar Jo'raev, Islom Inomov, Evgeniy Gogol, Abduqahhor Xojiakbarov, Salamat Qutiboev, Azamat Isroilov, Nurbek Nuriddinov, Nemaniya Yovanevich, Zohir Pirimov, Maruf Tillaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Temur G'aniev, G'ulom O'runov, Kamoliddin Murzoev, Shavkat Salomov, Nikita Pavlenko, Doniyor Isroilov, Muhammad Isaev, Sunnatilla Mamadaliev.

"Buxoro": Farrux Turdialiev, Temur Kagirov, Temur Turdiev, Xasan Asqarov, Jamol Ubaydullaev, Dilyaver Abibullaev, Otabek Narzullaev, Suhrob Ne'matov, Vitaliy Plamadela, Evgeniy Kochnev, Vadim Chemertan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Aleksandr Kornechuk, Islom Xoliqov, Jamshid Xasanov, Azamat Sharipov, Akobir To'raev, Ravshan Aslanov, Otabek Isroilov, Axror Umarjonov, Zayniddin Tojiev, Aziz Mamazoitov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia