Nazorat uchrashuvi. "Navbahor" - "Turon" 1:2

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2020
Bugun Namanganning "Navbahor" klubi PRO-liga ishtirokchisi bo'lgan Yaypanning "Turon" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

To'raqo'rg'ondagi "Odil Junior" akademiyasi maydonida o'tgan bahsda "Turon" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis mazkur uchrashuvda ko'rikda bo'lib turgan ko'plab legionerlarni maydonga tushirdi. Namangan klubi safida yagona golga rossiyalik Aleksey Efimov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi
"Navbahor" - "Turon" 1:2
Gollar:
Aleksey Efimov 40 - Nizomov 30, Asqaraliev 90.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia