Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - "Navbahor" 2:1

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2021, 20:52
Bugun "ajdarlar" Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida bo'lib o'tdi. Nazorat uchrashuvida "Nasaf" 2:1 hisobida zafar quchdi.

"Ajdarlar" har ikkala golni ham birinchi bo'limda kiritishdi. 19-daqiqada Jo'rabek Mannonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini G'olib G'aybullaev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ygan bo'lsa, 28-daqiqada Dilshod Saitovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Shohmalik Komilov namanganliklar darvozasiga joylab qo'ydi. Namanganliklarning yagona javob goliga 62-daqiqada Slavisha Stoyanovich mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi.
"Nasaf" - "Navbahor"
Toshkent shahri. "To'qimachi" stadioni.
11.06.2021. 18:00

Gollar
: G'olib G'aybullaev 19', Shohmalik Komilov 28', - Slavisha Stoyanovich 62'.

"Nasaf": 13. Azamat Soyibov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Dilshod Saitov, 15. Jo'rabek Mannonov, 19. Husayn Norchaev (3. Jafar Karimov 80'), 20. Suhrob Nurilloev (55. Shahzod Akramov 60'), 22 Akmal Mozgovoy (70. Abubakr-Rizo Turdialiev 46'), 28. Sardor Sadullaev (71. Jasur Jumaev 75'), 34. Sherzod Nasrullaev, 50. Shohmalik Komilov (88. Marko Stanoevich 46'), 41. Ukeme Uilyams (6. Murodbek Rahmatov 40').

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz