Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazgan Ro'ziqul Berdiev shogirdlari birinchi bo'limda Azamat Allaniyazovning aniq zarbasidan keyin hisobda oldinga chiqib olishdi. Bo'lim yakuniga etayotgan bir paytda “Nasaf” himoyachisi Odil Hamrobekov raqib futbolchisi Abdumalik Abdullaevga nisbatan o'yin qoidasini buzgach, bosh hakam himoyachimizni maydondan chetlatdi. Chamasi 18 metrlardan belgilangan jarima to'pini qaytarishda to'p himoyachimizni qo'liga tegib qaytdi. Natijada Eldorbek Suyunov qo'riqlayotgan darvoza tomon 11-metrlik jarima to'pi belgilandi. Darvozabon to'p yo'nalishini topgan bo'lsada, Ro'zimboy Ahmedovning zarbasi golga aylandi.
Ikkinchi bo'limda tarkibda bir qator o'zgarishlar ro'y bergach, “nasaf”chilar raqib darvozasi tomon bosimni oshirishdi. Natijada “Navbahor” darvozasiga ikki marta 11-metrlik jarima to'pi belgilandi. Dastlab Erkin Boydullaevning zarbasini darvozabon qaytargan bo'lsa, keyingi safar Shomurodovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. O'yin yakuniga etayotgan bir paytda baribir qarshiliklar maqsadlariga erishishdi. Zaxiradan maydong tushgan Laziz Ubaydullaev chamasi 18 metrlardan darvozaning pastki uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 2:1.
Uchrashuv yakunlangach, qarshilik futbolchilarga qisqa tatil e'lon qilindi. Jamoa a'zolari 23 iyul kuni Qarshida to'planishadi va tayyorgarlikni voxa markazida davom ettirishadi.