Nazorat uchrashuvi: "Irtish" - "Sarier" (Turkiya) 1:2

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Qozog'istonning "Irtish" klubi kecha mahalliy "Sarier" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi, deb xabar bermoqda Vesti.kz.
Uchrashuv "Sarier"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Qozog'iston klubi safida ko'rikdan o'tayotgan rossiyalik Evgeniy Postnikov gol urdi. "Irtish" tarkibida hamyurtlarimiz Ulug'bek Baqoev va Shavkat Salomov maydonga tushishdi. Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Kamoliddin Murzoev esa kechagi bahsda ishtirok etmadi.

"Irtish" safida quyidagi futbolchilar tushishdi:
Birinchi bo'lim
: Djodjo (Kalmikov), Chernishov, Chuchman, Chichulin, Kojabaev, Yurin, Averchenko, Govedarica, Muxutdinov, Ulug'bek Baqoev, Fedin.

Ikkinchi bo'lim: Kalmikov (Kotlyar), Xleboun, Postnikov, Doguzov, Nazarov, Ivanov, Ayaganov, Shavkat Salomov, Semenov, Goloveshkin, Begalin.

"Irtish" keyingi o'yinni 21 yanvar kuni Rossiyaning "Nefteximik" klubiga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vesti.kz