Nazorat uchrashuv. “So'g'diyona” – “Zomin” 6:1

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017
Bugun “So'g'diyona” jamoasi o'z qarorgohida birinchi liga jamoasi “Zomin”ni qabul qildi.

Shiddatli va keskin hujumlarga boy bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida “So'g'diyona”ning qo'li baland keldi

O'yinning 35-daqiqasida G'ayrat Umirovning uzatmasidan so'ng Ixtiyor Toshpo'latov hisobni ochdi. 1:0  Biroz o'tmay zominliklar  posboni Azamat Isroilov futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatda va hakam penalti belgiladi. Darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev esa 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.  

Bellashuvning ikkinchi bo'limida ham mezbonlar o'yin tizginini o'z qo'llarida saqlab turishdi.  60-daqiqada Izzatilla Abdullaevga nisbatan qo'pollik ishlatilgach,  Alisher Maxmudov tomonidan uzatib berilgan jarima to'pini Shoxrux Dostonov golga aylantirdi -2:0. Oradan biroz o'tib, Javlon Guseynov jarima zarbasidan keyin hisobni yiriklashtirgan bo'lsa,  63-va 73- daqiqada Qahramon Baxodirov ikki to'p kiritib, “dubl”ga erishdi. Bu orada aynan Bahodirovning qo'pol o'yini sabab “So'g'diyona” darvozasiga belgilangan penaltini mehmonlar aniq amalga oshirishdi.

81-daqiqada Rustam Azamov Qahhorovning uzatmasidan foydalandi va hisobni 6:1ga etkazdi. Shu tariqa o'yin 6:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi:

1-bo'lim: Muzaffar Abdullaev , Elyor Orifov, Sardor Qulmatov, Javlon Guseynov, Sherzod Jalilov, Sardor Qahhorov, G'ayrat Umirov, Sardor Eminov, Sarvar Jo'raev, Azamat Isroilov, Ixtiyor Toshpo'latov.

2-bo'lim: Shirinboy Abdullaev, Rustam A'zamov, Sardor Qulmatov, Javlon Guseynov, Sardor Qahhorov, Suxrob Qobilov, Sanjar Rashidov, Alisher Mahmudov, Izzatilla Abdullaev, Qaxramon Bahodirov, Shoxrux Dostonov. 

 So'g'diyona” matbuot xizmati.













Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia