

Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Saudiya Arabistoni va Livan terma jamoalari o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Yopiq tarzda o'tgan bellashuvda Firas Al Buraykan tomonidan urilgan gol saudiyaliklarning 1:0 hisobida g'alaba qozonishini taminladi.
Roberto Manchini shogirdlari qita turniriga qadar 9 yanvarda Falastin hamda 10 yanvarda Gonkong termalariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni "F" guruhida Tailand, Qirg'iz Respublikasi va O'mon jamoalariga qarshi bahs olib borsa, Livan "A" guruhida Qatar, Xitoy va Tojikiston bilan bellashadi.



