Nazorat o'yini. "Neftchi" UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchisiga yutqazdi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2026, 21:00
Yangi mavsumga Turkiyaning Antaliya shahrida hozirlik ko'rayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Ozarbayjonning amaldagi chempioni - "Qorabog'" bilan kuch sinashdi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi vodiyliklar evrokuboklarning doimiy ishtirokchisi, hozir UEFA Chempionlar ligasida 22-o'rinni egallab turgan raqibga qarshilik ko'rsatishga urinishdi, biroq tajriba o'z so'zini aytdi.

Og'dam klubi farg'onaliklar darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritib, yirik g'alabani qo'lga kiritdi.


Nazorat o'yini. 12 yanvar "QORABOG'" (Ozarbayjon) - "NEFTCHI" (O'zbekiston) 5:0

Gollar: YA. Benziya (12), L. Andrade (28, 54), N. Axundzade (41), O. Kashchuk (78).

"Neftchi" (boshlang'ich tarkib): Botirali Ergashev, Izzatillo Po'latov, Anvar G'ofurov (S), Muhsin Ubaydullaev, Ibrohim Xalil Yo'ldoshev, Ikrom Aliboev, Jamshid Iskandarov, Abror Ismoilov, Alisher Odilov, Xurshid G'iyosov, Nurbek Sarsenbaev.

Zahira: Akbar To'raev, Muhammadqodir Rasuljonov, Nurmuhammad Abdug'aniev, Azizbek Muratov, Azizbek Erimbetov, Yovan Jokich, Daler Tuxsanov, Farhod Sohibjonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Farrux Sayfiev, Boyan Ciger, Zoran Marushich, Jurani Ratino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати