Nazorat o'yini. "Navbahor" Xitoy jamoasidan ustun keldi

Alisher
6 fev 2025
"Navbahor" BAAning Dubay shahridagi yig'in doirasida "Chengdu" (Xitoy) bilan bahs olib bordi.

"Navbahor" - "Chengdu" (Xitoy) 1:0

Gol: Navro'zbek Iminjonov.

"Navbahor": Shukron Yo'ldoshev, Sergey Karpovich, Gilermo Gedesh, Saidazamat Mirsaidov, Igor Gabriel, Benjamin Teddi, Abbos G'ulomov, Sherzod G'ulomjonov, Shahzod Ubaydullaev, Shohmalik Komilov, Po'latxo'ja Xoldorxonov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, Shahzod Toirov, Mirzohid  G'ofurov, Ruslanbek Jiyanov, Zabihillo O'rinboev, Navro'zbek Iminjonov.


Namangan jamoasi BAAdagi so'nggi nazorat bahsini 9 fevral kuni "Royal" (BAA)ga qarshi o'tkazadi.



AlisherMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати