Nayim Qosimov Butunjahon plyaj o'yinlariga tayinlov oldi

Omonjon To`xtamirzayev
1 may 2023, 17:45
Joriy yilning 6-12-avgust kunlari Indoneziyaning Bali shahrida Butunjahon plyaj o'yinlari musobaqasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

E'tiborli tomoni, ushbu turnirda hakamlik qilish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi - Nayim Qosimov ham taklif oldi.

Xabaringiz bor, ushbu hakamimiz Tailandning Pattaya shahrida mart oyida bo'lib o'tgan sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogida ham ishlab, turnir davomida 7 ta bahsni boshqarishga ulgurgan edi.

Shuningdek, Qosimov OFK sohil futboli kursini muvaffaqiyatli yakunlagach, OFK Elita hakamlar ro'yxatidan ham joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM