Navbat "Barselona"ga kelgandami? RFEF dagilar ro'yxatdan o'tkazish qoidasi eskirgan deb hisoblashmoqda

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2025, 01:32
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasidagilar (RFEF) mamlakatda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish qoidasini eskirgan deb o'ylashmoqda.

"Barselona" huddi shu dalilni Oliy sport sudida ishga solmoqchi.

RFEFdagilarning fikricha, qoidalar "ularni Ispaniya qonunchiligiga va raqobat ehtiyojlariga moslashtirish uchun o'rganilishi kerak".

Ma'lumotlarga ko'ra, RFEF yuridik departamenti bir necha kundan beri amaldagi qoidalarni tahlil qilmoqda. Tashkilotdagilar echimni topish uchun ochiqligini ma'lum qilishmoqda, chunki Olmo Ispaniya terma jamoasi uchun muhim futbolchi.

Kataloniya klubi o'z navbatida reglamentning 100.2 qoidasiga tayanmoqchi, unga ko'ra aynan klub o'z futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazishi va bekor qilishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif