"Navbahor"ning OCHLdagi raqibi ichki chempionatda mag'lubiyatga uchradi

Omonjon To`xtamirzayev
25 avg 2023
Xabaringiz bor, Eronning "Nassaji Mazandaran" klubi OCHL "D" guruhida Namanganning "Navbahor" jamoasiga raqiblik qiladi.

Eron chempionati yangi mavsum 3-turi doirasida "Nassaji Mazandaran" "Gol Goxar"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Mehdi Mamizade tomonidan kiritilgan gol yagona bo'lib qoldi va "Nassaji" yana omadsizlikka uchradi. 

Eslatib o'tamiz, uchinchi turda o'z maydonida mag'lub bo'lgan "Nassaji Mazandaran" dastlabki ikki turda bir xil 1:1 hisobidagi durangniqayd etgandi.

Shunday qilib, ayni damda "Nassaji Mazandaran" 11-o'rinni band etib turibdi.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia