"Navbahor"ning ikki futbolchisi Avstraliyaga boradi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2018, 21:04
Osiyo Kubogi–2019 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 11-23 noyabr kunlari Avstraliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.

Mazkur yig'in doirasida Ektor Kuper shogirdlari “yashil qita”da Janubiy Koreya va Livan terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni rejalashtirishgan.

Milliy termamizning bo'lajak yig'iniga Namanganning “Navbahor” klubidan 2 nafar futbolchi – himoyachi Davron Hoshimov va yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev taklif etildilar.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz