

Klub tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Bundan tashqari murabbiylar shtabi yana bir mutaxassis bilan to'ldirildi. O'tgan mavsum Farg'onaning "Neftchi" jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha faoliyat olib borgan serbiyalik murabbiy Aleksandr Stojmirovich klubda ish boshlashga yaqin turibdi. Bu haqida uning o'zi instagram sahifasida ma'lum qildi.
Ushbu mutaxassis joriy yilda mavsum yakunlanmasdan "Neftchi"dan ketgan edi.




