Ammo klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar hanuzgacha bartaraf etilmagan. Shu bois yaxshi niyatlar bilan ishga kirishgan Ashurmatovning ham boshi qotgan. Futbolchilarga kecha "So'g'diyona" bilan o'tgan sinov-nazorat bahsidan keyin qisqa muddatli tatil berilgan. Aytishlaricha shu kuni klub rahbari jamoa a'zolari bilan yig'ilish o'tkazgan. Unda gap asosan moliyaviy muammolar haqida borgan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Navbahor" bu borada muammolar iskanjasiga kirib qolgan. Rahbariyat esa muammoni bartaraf etish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilmoqda. Klubning yillik byudjeti tasdiqlanmaganidan so'ng, murabbiy va futbolchilarning ham kayfiyati tushib ketishi tabiiy. Chunki zamonaviy futbolda ko'p narsa baribir pulga borib taqaladi.
Jamoa endi reja bo'yicha 23 fevral kuni yana Toshkentda yig'iladi va tayyorgarlikni davom ettiradi. Klub rahbarlari unga qadar muammolar bartaraf etilishiga vada bergan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, agar moddiy muammolar tez orada o'z echimini topmasa, Baxtiyor Ashurmatov klubni tark etishi mumkin. Bundan kelib chiqib tahmin qilish mumkinki, agar bosh murabbiy ketsa, uning taklifiga ko'ra kelgan yangi futbolchilar ham klub lagerini tark etishi hech gap emas. Chunki hozirgacha biror bir yangi futbolchi bilan amalda rasman shartnoma imzolanmagan.