"Navbahor"da ishlagan murabbiy “Surxon”da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2020
Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “Surxon” jamoasida e'tiborga molik o'zgarishlar davom etmoqda.

Bungacha darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan Ruslan Axmedxonov jamoa bilan xayrlashdi. Uning o'rniga Shavkat Abduxo'jaev taklif etildi. Abduxo'jaev Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”da bosh murabbiy bo'lganida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan edi.  

Ma'lumot uchun, Abduxo'jaev o'tgan mavsum “Dinamo”da darvozabonlar murabbiyi sifatida Davron Fayzievga ko'maklashgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia