"Navbahor"da ham 14 futbolchining shartnomasi tugamoqda

Narzulla Saydullayev
30 okt 2024, 13:40
Biroz avval "Nasaf"da shartnomasi tugayotganlar haqida ma'lumot berdik.

Endi Namanganning "Navbahor" klubi futbolchilarining ham shartnoma muddatiga e'tibor qaratamiz.

Qizig'i "lochinlar"da asosiy tarkibning 14 futbolchisi qishda erkin agentga aylanib jamoani tark etishi mumkin ekan.

Bundan tashqari shartnoma muddati tugashiga 6 oydan kam qolgan futbolchi boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga haqli. Faqat muzokara o'tkazishdan avval amaldagi klubiga bu haqda ma'lum qilishi talab etiladi.

Qishda erkin agentga aylanadigan "Navbahor" futbolchilari ro'yxati:

Jamshid Iskanderov
Jamshid Boltaboev
Filip Ivanovich
Yovan Jokich
Farruh Sayfiev
Giorgi Nikabadze
Toma Tabatadze
Azim Ahmedov
Siyavash Haqnazariy
Odil Hamrobekov
Ibrohim Yo'ldoshev
Ruslanbek Jiyanov
Eldorbek Suyunov
Sardor Rashidov




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia