"Navbahor": Yoshlarimiz g'alaba qozonishdi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017, 16:51
Mavsumga tayyorgarlikni Namanganda olib borayotgan "Navbahor" yoshlari bugun andijonlik futbolchilardan tashkil topgan terma jamoaga qarshi maydonga tushishdi.

O'yin davomida yoshlar ustunlikka ega bo'lishdi. Bu hol yakuniy natijada ham o'z aksini topdi. Uchrashuvning birinchi bo'limning o'zida futbolchilar raqib darvozasini uch bor nishonga olishga erishishdi. Tanaffusdan keyin esa o'yinda gol kuzatilmadi va yoshlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarga Abdulaziz Jalilov (2 ta) va Akbarali Xoldorovlar mualliflik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz