"Navbahor" Viktor Jalilov boshchiligida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlanmoqda

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021, 00:17
Namanganning "Navbahor" klubi Viktor Jalilov boshchiligida mavsumning ikkinchi qismiga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.

"Lochinlar” Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini 25 iyul kuni yakunlashgandi. Bir kunlik hordiqdan so'ng, Viktor  Jalilov shogirdlari bugundan mashg'ulotlarni “Markaziy” o'yingoh maydonida davom ettirishdi.  Eslatib o'tamiz, Qo'qon-1912“  – “Navbahor” uchrashuvi 1 avgust kuni Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida soat 20:00 da start oladi.

Mashg'ulotlarda futbolchilarga kuch-quvvat, bo'lajak bahsda esa jamoamizga omad yor bo'lishini tilaymiz", -deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати