Navbahor va Dinamodan OTJ tarkibiga chaqirilganlar ma'lum

Khoja
16 mar 2024, 08:23
Mahalliy klublarimizda o'ynayotgan bir necha futbolchilar Olimpiya terma jamoamizning Dohadagi yig'inlarga jalb qilinadi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Navbahor hujumchisi Ruslan Jiyanov Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Shuningdek so'nggi vaqtlarda terma jamoa yig'inlariga chaqirilmay qo'yilgan Dinamo himoyachi Odilbek Abdumajidovni ham Timur Kapadze bo'lajak yig'inlarga chaqirgan. 

Ma'lumot uchun,  O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia