"Navbahor" uch yillik tanaffusdan so'ng G'uzorda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2013, 14:31
Kecha "Sho'rtan" klubi o'z uyida "Navbahor"ni qabul qilib 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Vodiy klubi G'uzorda so'nggi bor 2009 yilgi mavsumda g'alaba qozongandi. Shundan so'ng bo'lib o'tgan ketma-ket uchta o'yinda "Navbahor" "Sho'rtan" maydonidan faqat mag'lubiyat bilan qaytgandi. 

Kechagi o'yinda "lochinlar" o'zlari uchun qora ananaga barham berishdi. Umuman olganda "Navbahor" G'uzordan 4-marta uch ochko bilan qaytishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia