"Navbahor": Tunda voha sari yo'lga tushamiz

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2017, 15:07
Birinchi davradan o'rin olgan so'nggi uchrashuvga tayyorgarlikni Namanganda olib borgan "Navbahor" a'zolari bugun tunda Qashqadaryo viloyati sari yo'lga otlanishadi.

Vakillarimiz Toshkent orqali ertaga kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahriga yetib borishadi. 24 iyun kuni yoshlar Sputnik qo'rg'onidagi “Nasaf” yoshlar jamoasi qarorgohidagi maydonda qarshilik tengqurlari bilan kuch sinashishadi. Yoshlar ishtirokidagi o'yin soat 18.00 da boshlanadi. Asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs esa 25 iyun kuni G'uzordagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Asosiy o'yin soat 19.00da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz