Avval xabar berib o'tganimizdek, futbolchilarimiz poytaxtda 28 iyulga qadar shug'ullanishadi. Bu vaqt oralig'ida “Nasaf” (21 iyul), “Qizilqum” (24 iyul) jamoalariga qarshi nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilganligi xususida ma'lumot bergandik. O'tgan vaqt davomida rejaga kiritilgan uchinchi o'yindagi raqibimiz nomiga ham oydinlik kiritildi. Muzokaralar yakuniga ko'ra 27 iyul kuni Muborakning “Mashal” klubi bilan kuch sinashadigan bo'ldik.
Ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida “Chust-Paxtakor” jamoasidan taklif etilgan himoyachilar Mirzohid Mahkamov (18.02.91), Bobirjon Rasulov (10.06.86) va yarim himoyachilar Farruh Yo'ldoshev (01.02.89)lar ishtirok etishmoqda. Ushbu futbolchilar murabbiylarda ijobiy taassurot qoldirishsa ikkinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qilish imkoniga ega bo'lishadi. Toshkentdagi yig'in davomida esa tajribali o'yinchilarni safga qo'shilishi ko'zda tutilgan.