"Navbahor" Toshkentda

Narzulla Saydullayev
30 sen 2018, 17:43
3 oktyabr kuni Toshkentda “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan "Navbahor" bugundan mashg'ulotlarni Toshkentda davom ettiradi.

Kecha jamoa a'zolari kunning birinchi yarmida Namangandagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazishgandi. Bugun erta tongda poytaxt sari yo'lga tushgan "lochinlar" kechki mashg'ulotlarda ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” jamoasi bilan o'tadigan uchrashuv 3 oktyabr kuni soat 20:00da “Milliy” stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz