"Navbahor" Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2022, 22:01
Namanganning "Navbahor" klubi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan durang o'ynadi.

Uchrashuvning 27-daqiqada Igor Golbanning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini Diyor Turopov darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi – 1:0. Oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas, dushanbeliklarning qarshi hujumi vaqtida O'tkir Yusupov raqib futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Natijada uchrashuv bosh hakami Ibrohim Ismoilov "Navbahor" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini "Istiqlol" sardori Manuchehr Jalilov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1. Shundan so'ng o'yinda hisob o'zgarmadi.

"Navbahor" - "Istiqlol" - 1:1.

Gollar: Diyorjon Turopov (27) - Manuchehr Jalilov (29-pen.)

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Навбаҳор" ФК матбуот хизмати