

Shunday qilib, "lochinlar" bu mavsum safardagi 9-uchrashuvda 9-marta mag'lub bo'lishdi. Hozirga kelib safarda faqatgina "Navbahor" umuman ochko ololmagan. Qolgan barcha klublar safardagi o'yinlarda kamida 3 ochkoni qo'lga kiritishgan.
"Navbahor" so'nggi bor oliy ligada safarda 2015 yilning 26 oktyabr sanasida Buxoorda g'olib bo'lgan. Shundan keyin raqib maydonidagi ketma-ket 10ta o'yinda Namangan klubi 10 bor mag'lub bo'ldi.



