Nazorat o'yini. "Navbahor" "Rakuv"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Alisher
19 yanv 2022, 15:18
"Navbahor" Turkiyaning Belek shahrida Polshaning "Rakuv" jamoasi bilan o'ynadi.

Bahs polyaklarning ustunligi ostida o'tdi va "Rakuv" "Navbahor" darvozasiga uchta to'p kiritdi.

"Rakuv" (Polsha) - "Navbahor" (O'zbekiston) 3:0

Namanganliklar ushbu bahs uchun quyidagi tarkibni tushirishdi: Rahimjon Davronov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Boyan Ciger, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboev, Nurillo To'xtasinov, Jamshid Iskanderov, Eluja Grigalashvili, Andrey Sidorov.

"Rakuv" Polshaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi, u ayni damda Ekstraklasada 3-o'rinda bormoqda. Jamoa o'tgan mavsumni 2-o'rinda yakunlagandi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Antaliya yig'inlari doirasidagi ilk o'yinda Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” (Niredxaza) bilan durang o'ynagandi. 




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia