


E'tiborli jihati, u Toshkentning "Paxtakor" klubi yuristi hisoblanadi. Ma'lum bo'lishicha, ayni paytda Angelina faoliyat yuritadigan "THEMIS LEGAL sport law firm" "lochinlar"ning yaqin hamkori ekan.

So'nggi yillarda "Navbahor" va "Paxtakor" klublari o'rtasidagi principiallik nihoyatda oshganini bilasiz. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarga e'tibor qaratsangiz, ularning deyarli barchasida turli xil nizolar yuzaga kelmoqda (maydon ichi yoki tashqarisida). Namanganliklar matbuot xizmatining ushbu harakati har 2 jamoa muxlislariga ham o'rnak bo'lishi mumkin. Balki, endi ular kurash faqat maydonning ichida bo'lishi, futbol muxlislar undan zavq olishi uchun o'ynalishini tushunib yetishar...
Bugungi "post"dan "Paxtakor" matbuot xizmati ham ilhomlanib, Samvel Babayan, Davron Hoshimov yoki Shohrux Mahmudxojievlar manziliga tabrik yo'llashni boshlab yuborsa, yomon bo'larmidi? Ana, do'stlik va muhabbat:)

Angelina Liverkoning instagram sahifasi
Bevosita u faoliyat yuritadigan firmaga to'xtalsak, "THEMIS LEGAL sport law firm" - klublar, futbolchilar va ularning agentlari, federatsiyalar, O'FA bilan hamkorlik qiladi, sport huquqi sohasida etarli tajribaga ega.



