“Navbahor” o'z safiga gruziyalik futbolchini qo'shib oldi, u bunga qadar ham O'zbekistonda o'ynagan

Alisher Ostonov
11 yanv 2026, 23:10
Namangan klubi yangi transferni e'lon qildi.

“Tajribali himoyachi Anri Chichinadze jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi haqida batafsil ma'lumotni birozdan so'ng taqdim etamiz”, - deyiladi klub xabarida.

28 yoshli Chichinadze bunga qadar Gruziyaning “Torpedo” (Kutaisi), “Saburtalo” va “Dila”, O'zbekistonning “Turon” va Rossiyaning “Chernomorec” va “Orenburg” klublari sharafini himoya qilgan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати