"Navbahor" oxirgi safar o'yiniga matbuot kotibini olib ketmagan

Xayrulla Xoliqov
25 noya 2018, 15:45
Bugun Superliganing 31-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati klubning Telegram kanalida bugungi o'yinni onlayn tarzda muxlislar e'tiboriga havola qila olmasligini yozdi. Bunga sabab sifatida matbuot xizmati vakillarining Buxoroga olib ketilmagani ko'rsatilgan. Shu bois yuzaga kelgan noqulaylik uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz deyilgan.

Shuni aytish joiz, yil boshida tasdiqlangan Reglamentga ko'ra, har bir klub safar o'yinlariga matbuot xizmatini yuborishi hamda matbuot kotibi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishi shart qilib belgilab qo'yilgan.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia