

Eng ko'p: 18-turning markaziy uchrashuviga eng ko'p tomoshabin kirdi. "Neftchi" bilan kechgan bellashuvga 15715 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
1- Alibobo Rahmatullaevga O'zbekiston chempionati joriy mavsumida ilk bor sariq kartochka ko'rsatildi.
2- Bosh hakam Ravshan Ermatov uchrashuvda futbolchilarga jami ikki bor sariq kartochka ko'rsatdi. Har ikki ogohlantirish ham "lochinlar" vakillariga tegishli.
3- "Navbahor"ning ikkinchi davradagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi uchta o'yinga etdi. Shuningdek, chempionatda jamoamiz uchinchi bor o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avval "Qo'qon-1912" (11-tur) va "So'g'diyona" (4-tur) jamoalarini bir xil 1:0 hisobida taslim etilgandi.
4- To'rt yildan buyon "Neftchi" Namangandan g'alabasiz qaytishga majbur bo'lmoqda. So'nggi bor ushbu raqib 2011 yilda "Navbahor" maydonidan 3 ochko bilan uyiga qaytgan. Darvoqe, Ravshan Ermatov amaldagi mavsumda to'rtinchi bor jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvni boshqardi.
5- "Navbahor" o'z maydonida chempionatdagi beshinchi g'alabasini tantana qildi. “Lochinlar” Neftchini o'zaro o'yinlar tarixida beshinchi marotaba 1:0 hisobida taslim etishdi.
6- Hujumchimiz Ulug'bek Baqoev joriy yilgi O'zbekiston chempionatida o'zining oltinchi golini nishonladi. Shuningdek, Baqoev "lochinlar"ning ikkinchi davradagi oltinchi goliga ham mualliflik qildi.
7- Oliy liga-2015dagi g'alabalarimiz soni ettitaga etdi. Bundan tashqari, ikkinchi davraning uch o'yinida etti ochko jamg'ardik.
8- Jamoamiz sakkizinchi o'rinda turibdi. Kuchli beshlikka kirish uchun esa shuncha ochko etmayapti.
10- O'zbekiston chempionatlari tarixida "Neftchi" Namanganda o'ninchi marotaba mag'lub etildi.
11- "Navbahor"ning golli seriyasi 11 ta o'yinga etdi. Oxirgi marotaba futbolchilarimiz 7-turda "Paxtakor" darvozasini ishg'ol eta olishmagandi. Demak, 10 maydan buyon o'yinchilarimiz maydonni golsiz tark etmay kelishmoqda.
12- "Navbahor" "Neftchi" ustidan o'zaro uchrashuvlardagi 12-g'alabasini qo'lga kiritdi.



