“Navbahor” - “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi o'yinni Asker Najafaliev boshqarib boradi

Nozimov Nig'monxo'ja
29 okt 2023, 08:14
O'zbekiston Futbol hakamlari markazi (O'zFHM) tomonidan Coca Cola Superligasining qoldirilgan 22-tur bahsida faoliyat yuritadigan rasmiylar ro'yxati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, mazkur tur doirasidagi “Navbahor” -  “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi o'yinni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv 30 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:15 da start oladi. 

30.10.2023/18:15

NAVBAHOR - NASAF

Bosh hakam: Akser Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov

Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov.


O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif