"Navbahor" - "Nasaf". Chipta qimmat bo'lsa ham kassa oldidagi navbatlarni ko'rdingizmi?
Narzulla Saydullayev
2 mar 2022, 11:51
Superliganing 1-turida Namanganda "Navbahor" Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi.
O'yinga qiziqish juda ham kuchli. Chiptalar narxi 50-100 ming so'mdan sotuvga chiqarilgan. Shunga qaramay ashaddiy futbol muxlislari har kuni kassa oldida navbatlar paydo qilishmoqda. Ertaga stadion to'lishiga hech qanday shubha yo'q.