"Navbahor": Murabbiylar shtabi kuchaytiriladi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2013, 11:05
Davralar oralig'ida jamoamiz murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar ro'y beradi.

Mavsumning birinchi yarmida bosh murabbiy vazifasini bajargan Mustafo Bayramov katta murabbiy Usmon Asqaraliev jamoadan ketgach aksariyat hollarda yolg'izlanib qoldi.

Endilikda ana shu kamchilikni to'ldirish maqsadida ish olib borilmoqda. 2013 yilgi mavsum birinchi yarmini Chustning “Chust-Paxtakor” jamoasini boshqargan Robert Gay bilan muzokaralarga kirishilgandi. Ushbu mutaxassis bilan olib borilgan muzokaralar biroz oldin ijobiy tarzda yakun topdi. Gay endilikda “Navbahor” murabbiylar shtabidan joy olib, Bayramovga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.

Hozirda yana bir tajribali mutaxassis bilan ham muzokaralar olib borilayotganligini etirof etish joiz. Muzokaralar ijobiy tarzda yakuniga etgach, jamoamizda ish boshlaydigan murabbiyning kimligini muxlislarga tanishtiriladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz