"Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi vaqti o'zgarmagan, 18:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
15 may 2018
Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvining vaqti o'zgarganligi borasida ma'lumotlar chop etildi.

Ammo bu gaplar o'z tasdig'ini topmagan. O'yin avval belgilanganidek, 15 may kuni soat 18:00da boshlanadi. Bugun stadionga tashrif buyurib, sevimli jamoamizni o'yingohda bevosita qo'llab-quvvatlang!

Mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotilmoqda.  

Chiptalar “Markaziy” o'yingoh, G'ishtko'prik va “Isparxon” dahalari, “Sardoba” bozori hududlarida sotilmoqda. Chiptalarning narxi 15000, 20000 va 30000 so'm etib belgilangan. Sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlash uchun chiptalarni xarid qilishga shoshiling!
Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Metallurg” o'yin bugun  soat 18:00da boshlanadi.


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати