"Navbahor" legioner futbolchiga javob berdi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2020, 11:49
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Belek shahrida olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasida bir qator legionerlar ko'rikdan o'tishayotgandi.

Ukrainaning “Kolos” klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng, ulardan biri - gruziyalik Tornike Jimsheleishviliga murabbiylar shtabi tomonidan javob berildi.

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” tarkibidan ayni paytda 4 nafar xorijlik futbolchi o'rin olgan va jamoa yana bir nafar legioner olish imkoniyatiga ega.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz