"Navbahor": Kenjaev akciyasida qatnashamiz

Narzulla Saydullayev
28 okt 2014, 14:19
Sobiq futbolchi Kamoliddin Kenjaev uchun xayriya akciyasi boshlanganligini ma'lum qilingandi.
O'tgan vaqt davomida bir qator murabbiy va futbolchilar Kenjaevga yordam berish uchun o'tkaziladigan akciyada qatnashishlarini bildirishgandi. Bunday xayriya tadbirida “Navbahor” futbol klubi ham ishtirok etishini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Ma'lumot o'rnida Kamoliddin Kenjaev avtohalokat tufayli bir umrga nogiron bo'lib qolganligini keltirib o'tish joiz. Agarda o'sha mashum voqea ro'y bermaganida, Kenjaev o'zining chiroyli o'yinlari va gollari bilan minglab muxlislarni xursand qilgan bo'lardi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz