

Soat 14.00da “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasiga qarashli maydonda boshlanadigan o'yinda futbolchilarimizga “Olmaliq” jamoasi raqiblik qiladi. Tarkibga yangi futbolchilarni qo'shilishi davom etmoqda. Xususan bugun ertalab jamoamiz safiga himoyachi Jahongir Mehmonov va hujumchi Ro'zimboy Ahmedovlar qo'shilishdi.



