"Navbahor" futbolchilaridan biri uchun mavsum tugadi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2021, 12:57
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi operaciya qilindi.

Yil boshida "Lochinlar" safiga qo'shilgan Quvondiq Ro'zievni bir necha oydan buyon tizzadagi og'riqlar bezovta qilib kelayotgan edi. Kuni kecha futbolchi jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi. Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi va tiklanish jarayoni boshlandi.

Championat.asia sayti Quvondiq Ro'zievga tezroq tuzalib, safga qaytishini tilaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia