

8 va 9 yanvar kunlari jamoa a'zolari yangi mavsum uchun tibbiy ko'rikdan o'tishadi hamda 10 yanvardan Namanganda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashadi.
Shu bois, futbolchilar jamoa ixtiyoriga yetib kelishni boshlashdi. 5 yanvar kuni “Navbahor” darvozabonlari – O'tkir Yusupov va Dilshod Hamroev Namanganga yetib kelishdi.
Bugun boshqa mahalliy o'yinchilar, shuningdek, jamoa legionerlari – himoyachi Igor Golban hamda yarim himoyachi Ivan Solovyov Namanganga kelishadi.




