"Navbahor" bu mavsumda safarda dastlabki ochkoni qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2016, 18:12
Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 24-turida "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, "Navbahor" bu mavsumda oliy ligada safardagi o'yinda birinchi bor yutqazmadi. Bunga qadar safarda o'tgan 10ta o'yinning barchasida "lochinlar" yutqazib qo'yishgandi.

So'nggi bor "Navbahor" o'tgan yil 27-turda "Buxoro" maydonidan g'alaba bilan qaytgandi (1:0).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia