"Navbahor" belaruslik legioner transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 19:22
Belaruslik himoyachi Sergey Karpovich "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O'ng qanot himoyachisi "Neman" klubidan kelib qo'shildi. 

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsum grodnoliklar safida 39 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

Belarus chempionatining ketma-ket ikki yildagi eng yaxshi himoyachisi "Navbahor"ga o'tmoqda

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати